

Ankara Kebap restorani
Ankara Kebap restorani 2009 yili tashkil etilgan. Bizning restoranimizda sizni maxsus pechda tayyorlangan qaynoq nonlar, grillda tayyorlangan oshxona miksi, mol go’shtidan steyk, sovuq taomlar hamda ko’plab boshqa turk taomlari kutmoqda. Bu yerda siz dildan suhbat qurishingiz, ohangrabo musiqa tinglab hordiq chiqarib ketasiz.
Shuningdek, oilaviy va korporativ bayramlaringizni qiziqarli tarzda nishonlashingiz mumkin.
“Ankara Kebab” restoranida to’lovlarni naqd pulingiz bo’lmasa yoki plastik kartangizni unutib qoldirgan bo’lsangiz ham to’lashingiz mumkin. Buning uchun shunchaki bizning Paynet.uz mobil ilovamizdagi “Joyida to’la” xizmatidan foydalaning.


Izohlar
Mijozlar biz haqimizda


Ajoyib joy, qayta ochilgani bilan tabriklayman. Umiq qilamanki, yangilangan restoran oldingi sifati bilan bizni xursand qiladi.
Kazimbek Kasymov


Chiroyli va fayzli joy. Ovqat va salatlariga gap yo'q. Omadilani bersin!
Bahrom Raupov


Men oila a'zolarim bilan birgailikda, ovqatlanish maqsadida sizlarning restoraningizga tashrif buyurdim, va albatta shuni ta'kidlab o'tishim kerakki u yerdagi barcha holat meni juda qoniqtirdi. Albatta o'sha servis xizmatchilarining muomilalari, u yerdagi muhit har tomonlama. Jihozlarning joylashishi ko'rinib turibdiki juda did bilan qo'yilgan, tanlangan.
Shavkat Abzalov

